23:39 / 19.09.2016
16025

Oylab quvvatlashsiz ishlaydigan telefon taqdim qilindi

Bozorda batareyalarining sig‘imdorligi bilan maqtana oladigan telefon va smartfonlar juda ko‘p, biroq ular quvvatni o‘zida uzoq saqlay olmaydi. Philips bunday telefonlar o‘rniga 139 kun quvvatlashsiz ishlay oladigan odmigina Xenium E570 telefonini taqdim qildi.

Philips Xenium’ning batareyasi sig‘imi 3160 mA-soatni tashkil qilib, bu smartfonlarniki bilan qiyoslaganda uncha katta ko‘rsatkich emas. Ommaviy modellarning akkumulyatorlari ularga ko‘p quvvat ketsa ham, ba'zida sig‘imi kichikroqni ham tashkil qiladi.  

Kompaniyaning ta'kidlashicha, Philips Xenium E570 kutish rejimida 4,6 oy qayta quvvatlashsiz ishlay oladi. Suhbat rejimida esa telefon 48 soatgina ishlaydi. Bundan tashqari, telefon batareyasidan boshqa qurilmalarni ham quvvatlash mumkin.

 

Top