15:58 / 19.09.2016
5458

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarini almashtirishni yo‘lga qo‘ydi

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi 19 sentabr, dushanba kuni Galaxy Note 7 smartfonlarini almashtirishni boshladi. Bu haqida Ryonxap agentligi ma'lum qildi.

Yodingizda bo‘lsa, yangi qurilmaning batareyasidagi nosozlik tufayli portlab ketgan holatlar kuzatilgan edi va shu bois kompaniya yangi qurilmani qaytarishni yo‘lga qo‘ygandi. 

Manbaga ko‘ra, Samsung kompaniyasi 28 sentabrda Janubiy Koreyada Galaxy Note 7 sotuvlarini qayta tiklaydi. Unga qadar esa qaytarilgan qurilmalardagi kamchiliklar bartaraf etiladi. 

Mavzuga oid
Top