09:47 / 20.09.2016
20001

Bir o‘yinda 43ta gol o‘tkazib yuborgan darvozabon hibsga olindi

Germaniya politsiyasi "Fonderot" jamoasi darvozabonini "Oberxauzen"ga qarshi o‘yindan keyin hibsga oldi. Bu haqda Express xabar berdi.

Mazkur o‘yinda "Fonderot" jamoasi raqibiga 0:43 hisobida imkoniyatni boy bergan. Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, o‘yindan bir necha kun o‘tib politsiya xodimlari to‘rtta mashinada klub qarorgohiga tashrif buyurishgan hamda mashg‘ulotda ishlayotgan darvozabon bilan gaplashgan. Shundan keyin u mashinaga o‘tirib, politsiya bilan jo‘nab ketgan.

Hozirda uning qachon hibsdan ozod qilinishi ma'lum emas. "Fonderot" klubi Germaniya chempionatining 7-divizionida ishtirok etadi.

Top