20:33 / 20.09.2016
7627

Emirates aviakompaniyasi o‘rinlarni band qilish uchun qo‘shimcha to‘lov joriy qildi

BAAning Emirates aviakompaniyasi chiptalarni oldindan buyurtma qilishda qo‘shimcha to‘lovlarni joriy qildi. Bu to‘lovlar 3 oktabrdan qabul qilinadi, deb xabar qilmoqda The National.

Kompaniyada qayd etishlaricha, ikki yoshdan kichik bolalar va ular bilan birga shaxslar to‘lovdan ozod etiladi. Emirates rahbariyatining qayd etishicha, qo‘shimcha to‘lovlar arzon toifadagi chiptalarning eng arzon turlariga doir bo‘lib, parvoz davomiyligiga bog‘liq ravishda farqlanadi. 

Uncha uzoq bo‘lmagan parvoz uchun bu qiymat bir kishiga 50 dirhamni (14 dollar), 2 yoshdan katta bola uchun — 25 dirham (7 dollar)ni tashkil etadi. Bu raqamlar o‘rta masofalar uchun 100 dirham (27 dollar) va 50 dirham (14 dollar) etib belgilangan. Uzoq masofalarga uchish uchun qo‘shimcha ravishda 150 dirham (40 dollar) hamda 75 dirham (20 dollar) to‘lash kerak bo‘ladi. 

 

Mavzuga oid
Top