13:38 / 20.09.2016
16717

Filippinda Britaniya baronining qizi o‘ldirib ketildi

Britaniya marhum baronining qizi Filippinda olib borilayotgan giyohvandlikka qarshi shafqatsiz kurashning qurboniga aylandi. 

Mariya Avrora Moynixan 11 sentabr kuni Maniladagi Keson-sitida otib ketildi. Bu haqida CNN Filippin politsiyasiga asoslanib, xabar berdi. Uning jonsiz tanasi yonida "Mashhurlarga giyohvand modda sotuvchi, sen keyingisisan!" yozuvi topilgan. Mahalliy politsiyaning ma'lum qilishicha, bu ish birinchi navbatda "qotillik" sifatida ko‘riladi. Hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ayolning jasadi yonidan metamfetamin paketlari topilgan. 

45 yoshli ayol 2013 yilda aksilgiyohvandik reydi davomida hibsga olinib, garov evaziga qo‘yib yuborilgandi. 

Baron Entoni Moynixan Filippindagi giyohvand moddalar kontrabandachilari va tovlamachilar bilan aloqasi orqali tanilgan.

Moynixanning singlisi filippinlik aktrisa Maritoni Fernandes jamoatchilikni shaxsiy hayot daxlsizligini hurmat qilishga chaqirgan. 

Mariya Moynixanning o‘limi Filippin prezidenti Rodrigo Duerte tomonidan yo‘lga qo‘yilgan giyohvandchilikka qarshi urushning bir ko‘rinishi xolos. 

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, iyun oyidan boshlangan giyohvandlikka qarshi kurash doirasida o‘tkazilgan 18 800 operatsiyada 1 100 nafardan ortiq kishi politsiya xodimlari tomonidan o‘ldirilgan. 
 

Mavzuga oid
Top