11:49 / 20.09.2016
9331

Gvardiola: Mavsumda 4ta sovrin yuta olamizmi? Jin ursin!

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Hosep Gvardiola «Bornmut»ga qarshi o‘yindan keyin «shaharliklar» joriy mavsumda yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni – APL, Angliya Kubogi, Angliya Ligasi Kubogi va Chempionlar ligasi kubogini yutish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berishiga to‘g‘ri keldi.

«Jin ursin! «Manchester Siti» shu vaqtgacha atigi bir marta Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqqan. Agar odamlar meni bu turnirni yuta olishi mumkin deb o‘ylayotgan bo‘lsa, bu ular meni yaxshi murabbiy deb o‘ylashayotganidandir… Lekin men yaxshi murabbiyligingni isbotlash uchun barcha sovrinlarni yutishing shart bo‘ladi deb o‘ylamayman.

Mening baxtiyor bo‘lishim yutgan sovrinlarimga bog‘liq bo‘lmaydi. Hozir mening maqsadim – bugunni baxtiyor holda o‘tkazish. Bugun ozroq vino ichaman va ertaga navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishni boshlayman. Albatta, Liga Kubogidagi o‘yinni [«Suonsi»ga qarshi - tahr.] yutishga harakat qilamiz, keyingi o‘yinlar haqida keyin o‘ylaymiz.

Bugun esa sizlardan so‘ramoqchiman: bugungi o‘yinimiz yaxshi bo‘ldimi? Sizlarga yoqdimi? Yoqqan bo‘lsa, bu ajoyib.

Barcha sovrinlarni yuta olish-olmasligimizni esa ko‘raveramiz», – degan Gvardiola.

Top