17:56 / 20.09.2016
6777

Nufuzli Kann kinofestivali 70 yoshda

Kann festivali Venetsiya kinofestivalining muqobili sifatida paydo bo‘ldi. 1938 yili Venetsiya festivalining bosh mukofotiga Leni Rifenshtalning "Olimpiya" filmi munosib ko‘riladi, Amerika va Fransiya delegatsiyalari hakamlar hay'atining bunday pozitsiyasiga qarshiligini namoyish etib, festivalni tark etishadi. Shundan so‘ng 1939 yilda fransuzlar ko‘rkam Kann shahrida kinofestival tashkillashtirishadi, biroq ikkinchi jahon urushi xalaqit beradi. Ilk Kann festivali 1946 yilda namoyish etilgan. Kann festivali doimo o‘zining mustaqilligi va yengilligi bilan ajralib turadi. U yerda sobiq ittifoq filmlari ham yaxshi qabul qilingan. Kruazett sohillarida "Olovli yillar qissasi", "Optimistik fojia" va hattoki "Lenin Polshada" kartinasi turli xil yo‘nalishlarda Kann mukofotini qo‘lga kiritgan. Bosh mukofot - "Oltin palma shoxi"ga esa sobiq ittifoqning faqatgina bir filmi - "Turnalar uchmoqda" sazovor bo‘lgan. Festivalning 70 yilligi munosabati bilan turli yillarda Kann mukofotini qo‘lga kiritgan sobiq ittifoq filmlarini yodga olamiz. 

1969 yil. Andrey Tarkovskiy "Andrey Rublyov" filmi uchun Tanqidchilar mukofotini olgan

2014 yil. Andrey Zvyagintsevning "Leviafan" filmi "Eng yaxshi ssenariy" yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan 

2011 yil. Andrey Zvyagintsev "Yelena" filmi maxsus mukofotni qo‘lga kiritgan. Suratda Zvyagintsev aktrisalar Nadejda Markina va Yelena Lyadovoylar bilan Kann festivalida

1987 yil. "Taassuf" filmi rejissyor-postanovkachisi Tengiz Abulzade hamda aktrisa Ketevan Abulzade Kann kinofestivalining bosh mukofoti va diplomi bilan

1979 yil. Andrey Konchalovskiy "Sibiriada" uchun Gran-pri mukofotiga sazovor bo‘lgan

1972 yil. Andrey Tarkovskiy "Solyaris" filmi uchun Gran-pri mukofotini qo‘lga kiritgan

1960 yil. Aktrisa Iya Savina "Ayol bilan it" filmidagi bosh roli uchun maxsus mukofotga loyiq, deb topilgan

1958 yil. Festivalning bosh mukofoti "Oltin palma shoxi" Mixail Kalatozovning "Turnalar uchmoqda" kartinasiga nasib etgan

1957 yil. Grigoriy Chuxrayning "Qirq birinchi" filmiga maxsus mukofot topshirilgan

1946 yil. Fridrix Ermlerning "Katta o‘zgarish" filmi Gran-pri mukofotini olgan 

1955 yil. Galina Ulanova ishtirokidagi "Romeo va Juletta" filmi "Kinematografiyada balet talqini" uchun mukofotini qo‘lga kiritgan

Top