11:12 / 21.09.2016
24045

Amerikalik qiz smsni boshqa raqamga yo‘llagani uchun 30 yilga qamalishi mumkin

AQShning Indiana shtatida huquq-tartibot organlari xodimlari giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi qizni qo‘lga olishdi.

Fox59 xabariga ko‘ra, Jonson okrugida istiqomat qiluvchi 19 yoshli Shelbi Eyks telefon raqamini adashtirib, politsiya xodimiga giyohvand modda sotib olish taklif qilingan xabarni yuborgan.

Shundan so‘ng, uni qo‘lga olish uchun yashirincha amaliyot boshlangan. Detektivlar Eyks bilan bog‘lanishgan va undan 15 gramm miqdorida taqiqlangan moddani (metamfetamin) 575 dollar evaziga sotib olishgan.

Ikkinchi uchrashuvda Eyks 135 dollar evaziga 17ta tabletka sotishga uringan. U qo‘lga olingan va endilikda unga 30 yillik qamoq jazosi tahdid qilmoqda.

Top