15:48 / 21.09.2016
5711

Apple korporatsiyasi macOS Sierra operatsion tizimini yaratdi

Apple kompaniyasi 20 sentabr, seshanba kuni Mac kompyuterlari uchun operatsion tizimning yangi - macOS Sierra versiyasini ishlab chiqdi. Bu haqida korporatsiya xabarida ma'lum qilingan.  

Bundan avval foydalanuvchilar faqatgina beta-versiyani qo‘llash imkoniga ega bo‘lishgan.  

Sierra fayllarni topish, dasturlarni yo‘lga qo‘yish, internetda qidiruvlarni amalga oshirish, musiqani yoqish va boshqalarga imkon beruvchi Siri ovozli yordamchisining qo‘llab-quvvatlashiga ega bo‘ldi. 

Shuningdek kompaniya yangi macOS'ga yagona almashinuv buferini qo‘shdi, uning yordamida Apple'ning bir qurilmasidagi ma'lumotlarning nusxasini olib, boshqasiga qo‘yish mumkin bo‘ladi. 

"Foto" ilovasida "Xotiralar" funksiyasi paydo bo‘ldi, yorliqlar esa barcha Mac ilovalariga biriktirilgan.

Yangi operatsion tizim 2009 yilda namoyish qilingan barcha Mac modellari uchun bepul taqdim etilgan.
 

Top