10:42 / 21.09.2016
7531

Bishkekda 2ta portlovchi qurilma zararsizlantirildi

Qirg‘iziston huquq-tartibot organlari mamlakat poytaxti Bishkek shahri markazida 2ta qo‘lbola bombani zararsizlantirdi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot kotibi Rahat Sulaymonovga asoslanib RIA Novosti xabar tarqatgan.

"20 sentabr kuni Mahatma Gandi va Birinchi may ko‘chalari kesishmasidagi hududda ikkita qo‘lbola bomba zararsizlantirildi", degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tkinchi yo‘lovchilar yo‘lda yotgan ikkita shubhali paket haqida militsiyaga xabar qilishgan.

"Portlovchi qurilmalar masofadan turib yo‘q qilindi. Jabrlanuvchilar yo‘q", deyilgan xabarda.

Sulaymonovning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston huquq-tartibot organlari Bishkek aholisini ogohlikka chorlaydi.

Mavzuga oid
Top