07:42 / 21.09.2016
5295

Erdo‘g‘an BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a'zolari sonini oshirishni taklif qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a'zolari safini kengaytirishga chaqirdi. 

"Biz doimo dunyo BMT Xavfsizlik kengashining beshtaligidan kattaroq ekanligini aytib kelamiz. BMT Xavfsizlik kengashi Ikkinchi jahon urushi sharoitlarida yaratilgan, bugunda esa u o‘sha shartlar bilan samarali faoliyat yurita olmaydi. Biroq dunyo hozir shu besh davlat qo‘lida. Bunday xavfsizlik kengashi adolatni ta'minlay olmaydi. Uchta Yevropa davlati, bitta Osiyo davlati va AQSh. Bo‘ldi. Qolganlar-chi? Aytaylik, masalan, kengashda qolgan davlatlarni taqdim qiluvchi 20 ta davlat bo‘lsin", deb aytdi Erdo‘g‘an BMT Bosh assambleyasidagi nutqida.   

Erdo‘g‘an, shuningdek, BMT Xavfsizlik kengashida "qo‘rqish kerak bo‘lmagan demokratik va shaffof" islohotlar o‘tkazishga chaqirdi.

 

Mavzuga oid
Top