07:06 / 21.09.2016
5671

Erdo‘g‘an BMTni isloh qilish zarurligini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an BMTni, ayniqsa, xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qarorlarni qabul qilish borasida isloh qilish zarurligini aytdi. U bu haqda BMT Bosh assambleyasi sessiyasida aytib o‘tdi.

"BMTni isloh qilish vaqti keldi. Bu borada bosh kotib Pan Gi Munning avvalroq qabul qilgan tashabbuslari juda muhimdir. Birinchi navbatda xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash borasida qarorlarni qabul qilish tizimini isloh qilish zarur. BMT Xavfsizlik kengashining besh doimiy a'zosi yakka holda bunday qarorlarni qabul qila olmaydi", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Turkiya prezidenti shuningdek "Evfrot qalqoni" operatsiyasidan maqsad Suriya shimolida xavfsizlik hududini yaratishdan iboratligini ma'lum qildi. 

Top