14:24 / 21.09.2016
4141

Xitoydagi kimyo zavodida ro‘y bergan portlash tufayli 4 kishi halok bo‘ldi

Xitoy sharqidagi Shandun viloyatidagi Yantay shahrida joylashgan kimyo zavodida yuz bergan portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. «Sinxua» agentligining ma'lum qilishicha, yana 4 kishi jarohatlangan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Wanhua kompaniyasiga tegishli zavodda o‘tkazilgan reja bo‘yicha texnik ko‘rik vaqtida resiver (bosim ostidagi texnik idish) portlab ketgan.

Hodisa atrof-muhitga zararli moddalarning chiqib ketishiga sabab bo‘lmagani aytilmoqda.

Jabrlanganuvchilar shifoxonaga olib borilgan.

Politsiya hodisa yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.

Bu korxona qurilish ishlarida gidroizolyatsiya jarayonida qo‘llanadigan asosiy modda hisoblanuvchi penopoliuritan ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Xitoyda texnogen avariyalar tez-tez ro‘y berib turadi. 18 sentabr kuni Xitoy g‘arbidagi Tsinxay viloyatida joylashgan sement zavodida yuz bergan portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgandi. Portlash Salt Lake Haina Chemical Company kimyo zavodining changni to‘plash qurilmasida yuz bergan.

Top