19:52 / 21.09.2016
4827

«Nottingem» muxlisi Arsen Vengerni mehmon qilishga urinib ko‘rdi

«Nottingem» jamoasi muxlislaridan biri «Arsenal»ga qarshi Angliya Ligasi kubogi uchrashuvi vaqtida raqiblar bosh murabbiyi Arsen Vengerni mehmon qilmoqchi bo‘ldi. Ammo fransiyalik mutaxassis bu kishining qo‘lidagi pirogni olishga ulgurmadi.

«Kanonirlar» jamoasi 20 sentabr oqshomida o‘tkazilgan chempionship vakiliga qarshi uchrashuvda 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu yirik mag‘lubiyatga qaramasdan, mezbon jamoa muxlisi Arsen Vengerga yaxshi munosabatda bo‘lgan.

Daily Mirror nashri xabar berishicha, muxlislardan biri hattoki fransuz murabbiyga pirog bo‘lagi tutgan. U futbol maydoniga tushib kelgan va Vengerga qarab yura boshlagan, ammo uni xavfsizlik xizmatlari to‘xtatib, olib chiqib ketishgan.

Mavzuga oid
Top