10:43 / 21.09.2016
4658

O‘zbekistondagi internet foydalanuvchilari soni 13 milliondan oshib ketdi

O‘zbekistondagi internet foydalanuvchilari soni 13 million kishidan oshib ketgan. Bu haqda, Respublika axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Alisher Fayzullayev, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan ICTSUMMIT-2016 sammitida ma'lum qildi, deya xabar qilmoqda Gazeta.uz sayti. 

Respublikadagi aholi punktlarining 92 foizi mobil aloqa bilan qamrab olingan. Mobil raqam egalari soni 20,8 million nafarni tashkil etadi, deb ta'kidlagan Fayzullayev. 

Xalqaro tarmoqlarga ulanish tezligi 35 Gbit/sni tashkil etmoqda. 

Magistral telekommunikatsiya tarmog‘i xalqaro va tumanlar darajasida 10 marta, viloyat miqyosida 4 martaga kengaytirilgan. 

Raqamli radiorele yo‘nalishlari va shisha tolali aloqa yo‘nalishlari masofasi 23,4 ming kmni tashkil etmoqda. Xususan, shisha tolali tarmoq uzunligi 17,9 ming kmdan 18,9 ming kmgacha uzaytirilgan.
 

Top