02:55 / 22.09.2016
6495

Fransiya. Balotelli yana dublga erishib, jamoasiga g‘alaba keltirdi va boshqa o‘yinlar

Fransiya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan 7ta uchrashuv poyoniga yetdi. 

"Nitstsa" jamoasi o‘z maydonida peshqadam "Monako"ga qarshi bahs olib bordi hamda 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Mario Balotelli yana dublga erishdi. Bu Marioning "Nitstsa" safida kiritgan 4-goli bo‘ldi.

"Lion" esa uyda "Monpele"ni qabul qilib, 5:1 hisobida mag‘lub qilishga erishdi. "Bordo" esa safarda "Metts"dan ustun keldi, - 3:0. 

Nitstsa – Monako 4:0 (2:0)
Gollar
: 1:0 – 17 Bess, 2:0 – 30 Balotelli, 3:0 – 68 Balotelli, 4:0 – 86 Plea. 
Chetlatish: Bakayoko (83).

Lion – Monpele 5:1 (2:1)
Gollar
: 0:1 – 4 Sanson, 1:1 – 36, penalti Fekir, 2:1 – 42 Tolisso, 3:1 – 57 Fekir, 4:1 – 71 Tolisso, 5:1 – 75 Korne. 
Chetlatish: Poati (8).

Metts – Bordo 0:3 (0:1)
Gollar:
0:1 – 36 Malkom, 0:2 – 71 Labord, 0:3 – 76, penalti Telin. 
Ogohlantirishlar: Falett (56), Sinorino (69).

Gengam – Loryan 1:0 (0:0)
Gol:
1:0 – 63, penalti Brian. 
Ogohlantirishlar: Mara (45), Selemani (62), Bla (83).

Nant – Sent-Eten 0:0 
Chetlatish
: Malkyui (17).

Anjyer – Kan 2:1 (1:0)
Gollar
: 1:0 – 12 Ketkeofomfon, 2:0 – 54 Ndoyye, 2:1 – 71 Karamo. 
Ogohlantirish: Fere (30).

Bastiya – Nansi 0:0 

Top