18:11 / 22.09.2016
10017

Xaker iPhone 7’ni buzishning uddasidan chiqdi

Xaker Luka Todesko smartfon sotilishi boshlanganiga ko‘p bo‘lmay, iPhone 7 dasturini buzishning uddasidan chiqdi. U bu haqda Twitter sahifasida e'lon qilgan

Todesko sahifasiga joylagan suratda so‘nggi iOS dasturida ishlayotgan iPhone 7 va ishga tushirilgan Cydia ilovasini ko‘rish mumkin. U, boshqa ilovalarni o‘rnatish imkonini beradi. Xaker shuningdek, iOS 10 dasturida ishlayotgan iPad planshetining buzilishi tasvirga olingan videolavhani ham joylashtirgan.

iOS dasturining Jailbreak deb nomlanuvchi buzilishi qurilmaning fayllar tizimiga ulanish imkonini beradi. Jailbreak qilingan telefonlarning virusli dasturlar bilan zararlanish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi. Chunki, ishga tushiriladigan dasturlar norasmiy manbalardan olinadi. 

Albatta, Todesko iOS dasturining buzilishi tarqatmagan, shuning uchun Jailbreak keng omma ixtiyorida mavjud emas. Biroq, surat va videolavhalar yangi iPhone smartfoni va iOS 10 dasturini ham avvalgilaridek buzish mumkinligini isbotlaydi. 

Top