15:35 / 22.09.2016
5335

Xitoyda maktab avtobusi va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi: olti nafar kishi halok bo‘lgan

Xitoyning Xenan prvintsiyasidagi Shantsyu shahrida maktab avtobusi va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Bu haqda CCTV telekanali xabar bermoqda.

Yo‘l transporti hodisasi oqibatida olti kishi halok bo‘lgan. 28 kishi esa turli darajada jarohatlangan.

Voqea joyida vrach va qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Falokat sabablari o‘rganilmoqda.

Top