Qozog‘iston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Askar Mamin boshchiligidagi delegatsiya prezident Nursulton Nazarboyev topshirig‘i bilan O‘zbekiston poytaxtiga tashrif buyurdi. Bu haqida QR bosh vazirining rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Askar Mamin Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov, bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov bilan uchrashadi, shuningdek O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Tomonlar davlatlararo savdo-iqtisodiy munosabatlar, sanoat hamkorligi hamda transport-tranzit tizimidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi.