00:16 / 22.09.2016
6743

Misr sohillari yaqinida falokatga uchragan kema qurbonlari soni 41 kishiga yetdi

Misr sohillari yaqinida O‘rta Yer dengizida noqonuniy muhojirlar kemasi falokatga uchragan joydan qutqaruvchilar 41 o‘likning jasadini suvdan chiqarib olishdi va qurbonlar yana oshishi mumkinligini aytishmoqda.

Shuningdek, 150 dan ko‘proq odam bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. 

Turli ma'lumotlarga ko‘ra, ichida Afrikaning turli davlatlaridan bo‘lgan 400 dan 600 gacha muhojir bo‘lgan qayiq 21 sentabrda erta tongda Misr sohillaridan 12 km uzoqlikda cho‘kib ketgan. Sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati 155 ga yaqin odamni qutqarib qolgan. Halok bo‘lganlar orasida asosan bolalar ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. 

Misrda Yevropaga qayiqlarda yetib olishni taklif qiluvchi bir nechta uyushgan guruhlar mavjud. Bu guruhlar tomonidan qo‘llanuvchi suzish vositalari odatda yomon holatda bo‘lishiga qaramay, banditlar odamlarni bu kemalarda dengizga yuboradilar. Bu esa muqarrar falokatning yuz berishiga olib keladi.   

 

Mavzuga oid
Top