21:32 / 22.09.2016
6039

Pentagonda Rossiya bilan Suriya bo‘yicha razvedka ma'lumotlari bilan bo‘lishishdan bosh tortildi

AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi raisi general Jozef Danford Rossiyaga Suriya bo‘yicha razvedka ma'lumotlarini berishni yaxshi fikr deb hisoblamasligini aytdi.

General bu haqda kongressdagi nutqida aytdi. Associated Press’ning ma'lum qilishicha, 22 sentabrda AQShning yuqori lavozimdagi harbiy amaldorlari, jumladan mudofaa vaziri Eshton Karter senatning qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi savollariga javob berganlar. Bu qo‘mitaning raisi respublikachi, o‘zining Rossiyaga adovati bilan ma'lum bo‘lgan Jon Makkeyn hisoblanadi.

Nashrning ma'lum qilishicha, Respublikachilar partiyasi vakillari AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyatining Suriya bo‘yicha qat'iyatli emasligidan norozilar. Respublikachilar Moskva Vashingtonning Suriyada jangarilarga qarshi kurashda hamkori bo‘lganiga shubha, hattoki adovat bilan qaramoqdalar.  

 

Top