16:15 / 23.09.2016
7375

Ayrilish evaziga tejash: Xitoyda ajrimlar soni mol-mulk bahosi kabi oshib bormoqda

Xitoyning katta shaharlarida juftlarga qo‘shimcha uy-joy sotib olish uchun tejashga imkon beruvchi rasmiy ajrimlar soni ortib bormoqda. 8 yuan (1,2 dollar atrofida)dan boshlanuvchi rasmiy ajrimni qayd etish oxir-oqibat er va xotinning bir necha o‘n ming dollarini tejashga imkon beradi. Bu haqida Quartz xabar beradi.

Xitoyda uy haqidagi gap-so‘zlar tufayli ko‘plab oilalar mol-mulk uchun mablag‘ qo‘yishni boshlashdi. Xitoy qonunlari mish-mishlarga qarshi kurashishga yo‘naltirildi va birinchi uy sotib olayotganda qator afzalliklarni taklif qilmoqda — bular ilk to‘lovning eng past foizi va eng kam foiz stavkasi. Agar ajrimdan so‘ng mulk sobiq turmush o‘rtog‘ining birida qolsa, ikkinchisi «birinchi uy»dan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Agarda juftlik uyni sotish zaruriyatiga duch kelsa ajrim moliyaviy jihatdan manfaatli bo‘ladi. Xitoy qonuni bo‘yicha, ajrim natijasidagi sotuv bo‘yicha bitimga soliq solinmaydi. Mulk sotib olish yoki sotish uchun ajrashadigan ko‘plab juftliklar bitim kuchga kirgandan so‘ng yana turmush qurmoqda.

So‘nggi o‘n yil ichida Xitoydagi mol-mulk bozori bir necha barobarga o‘sdi va u bilan birga mamlakatning yirik shaharlaridagi ajrimlar soni ham oshdi.

Top