00:14 / 23.09.2016
6898

Samsung Galaxy Note 7 tufayli yonib ketgan jip haqidagi voqea yolg‘on bo‘lishi mumkinligi aytildi

Samsung kompaniyasining ta'kidlashicha, turli davlatlardagi iste'molchilarning Galaxy Note 7 smartfonlari yong‘in keltirib chiqargani yoki portlagani haqidagi 26 ta xabari shubhali bo‘lib chiqdi. 

12 ta holatda kompaniya aynan smartfon noxushlikka sabab bo‘lganining isbotini topa olmagan, 7 ta holatda esa shikoyat qilgan xaridorlar bilan na telefon, na elektron pochta orqali bog‘lanib bo‘lmagan. Yana 7 nafar xaridor aytgan so‘zlaridan qaytganlar yoki yaroqsiz telefonni tashlab yuborganlarini aytganlar.

Smartfon tufayli AQShning Sent-Pitersberg shahrida Jeep Grand Cherokee jipining yonishi eng katta shov-shuvni keltirib chiqargan. Bu haqda 7 sentabrda FOX 13 News telekanali ma'lum qilgan. Jip egasi yong‘inga u mashinada qoldirib ketgan smartfon sabab bo‘lganiga ishonchi komilligini aytgan. Biroq shahar o‘t o‘chirish jamoasi bu haqiqatda shunday bo‘lganini aniqlay olmagan.  

Foydalanuvchilarning shikoyatlariga qaramasdan, hozircha kompaniya ustidan sudga faqatgina 28 yoshli floridalik Jonatan Strobel shikoyat qilgan. U Samsung Galaxy Note 7 uning shimining oldi cho‘ntagida portlab ketganidan 2-darajadagi kuyish jarohati olgan.

2 sentabrda bir necha noxush holatlardan keyin kompaniya smartfonni xavfli deb tan olgan. Kompaniya smartfonni sotishni to‘xtatgan va sotilgan barcha smartfonlar almashtirib berilishini e'lon qilgan. 

 

Mavzuga oid
Top