10:52 / 23.09.2016
5957

Volkswagen is gazi bilan bog‘liq firibgarliklari uchun sovrinli bo‘ldi

Kimyo bo‘yicha 2016 yilgi Ignobel mukofoti (Ig Nobel Prize) nemis avtosanoati vakillaridan biri Volkswagen kompaniyasiga taqdim etildi. U, zaharli is gazi darajasini o‘lchovchi "samarali" qurilmasi uchun shunga munosib ko‘rilgan. 

Aksilnobel mukofotini 26-marta topshirish marosimi AQShning Massachussets shtati Harvard universitetida bo‘lib o‘tgan. 

Reyter agentligining yozishicha, biologiya sohasida aksil mukofotni ikki nafar britaniyalik olim: Oksford universiteti o‘qituvchisi Charlz Foster o‘zining bo‘rsiqlarga o‘xshagan hayot tarzi, xususan o‘ra qazish va yomg‘ir chuvalchanglarini qanday iste'mol qilganiga oid kitobi uchun, hamda uning vatandoshi Tomas Tveytsga, uning Shveytsariya yashil maydonlarida echkilardek yurish imkonini beruvchi protezlari uchun berilgan. 

Misrlik olim Ahmad Shafiq 2007 yilda vafot etgan bo‘lsa-da, reproduktiv vazifalar sohasida qilgan tajribasi uchun mukofotlanishiga uning o‘limi asos bo‘la olmagan. 

Ignobel sovrini eng taniqli aksilmukofotlardan biri bo‘lib, xalqaro Nobel mukofotining parodiyasidir. 

Uning nomi inglizcha so‘z o‘yiniga asoslangan bo‘lib, Ig Nobel Prize (ignoble — "sharmandali") — Nobel Prize aksi hisoblanadi. 

Mavzuga oid
Top