22:25 / 24.09.2016
5240

Avstriya kansleri: Yevropa Ittifoqi Afg‘oniston bilan migratsiya bo‘yicha kelishuv tuzishi mumkin

Turkiya bilan Yevropa tashqarisida qochqinlar lageri barpo etish bo‘yicha kelishuvga o‘xshash kelishuv yaqin orada Afg‘oniston bilan tuzilishi mumkin, deb hisoblamoqda Avstriya kansleri Kristian Kern.

"Bizda (YeI) Turkiya bilan muvaffaqiyatli model bor va biz uni kengaytirishimiz lozim. Yaqin orada shunday kelishuv Afg‘oniston bilan ham tuzilishi mumkin", deb aytdi Kern Venada 24 sentabrda o‘tgan "Bolqon marshruti" davlatlari sammitida. 

 

Top