22:11 / 24.09.2016
7103

"Barselona" mehmonda "Sporting"ni tor-mor etdi

"Barselona" Ispaniya primerasining 6-turida Xixonning "Sporting" klubini mehmonda tor-mor etdi. Xixondagi "El-Molinon" stadionida o‘tgan uchrashuv 0:5 hisobi bilan yakunlandi.

"Barsa" tarkibida Neymar dubl rasmiylashtirdi, Luis Suares, Rafinya va Arda Turon bittadan gol urishdi. "Sporting" ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatga uchradi.

"Barsa" 13 ochko to‘plab, peshqadam "Real"ga yetib oldi, biroq madridliklarda bitta o‘yin zaxirada bor. "Sporting" esa 7 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Ispaniya Primerasi. 6-tur
Sporting Xixon – Barselona – 0:5
Gollar:
 Suares, 29 (0:1); Rafinya, 32 (0:2); Neymar, 81 (0:3); Turan, 85 (0:4); Neymar, 88 (0:5).
Chetlatish: Lora, 74 (Sporting)

Avvalroq o‘tgan "Eybar"-"Real Sosedad" 2:0 hisobi bilan yakunlandi.

Eybar – Real Sosedad – 2:0
Gollar: 
Ilyaramendi, 57 (1:0, avtogol); Bebe, 66 (2:0).
Chetlatish: Elustondo, 24 (Real Sosedad).

Shuningdek, ayni vaqtda "Atletik" – "Sevilya"  uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Undan so‘ng Toshkent vaqti bilan soat 23.45da "Las-Palmas" Madridning "Real" klubini qabul qiladi.

Top