00:29 / 24.09.2016
11440

Istanbulda haydovchini ura ketgan yo‘lovchi yirik yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahrida yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 kishi jabrlandi. YTH eng serqatnov yo‘llardan birida yuz bergan. Kuzatuv kameralari avtobus tezlashib, qarama-qarshi  yo‘nalishga chiqib ketib, katta tezlikda mashinalar oqimiga urilganini qayd qilgan. 

Bir nechta yengil mashinalar tanib bo‘lmaydigan darajaga kelgan. 

Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, YTHga avtobus yo‘lovchilaridan biri sabab bo‘lgan. U haydovchiga tashlanib, uni soyabon bilan ura ketgan. Oqibatda haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan.

Bezori yo‘lovchi hibsga olingan. U YTHni ataylab uyushtirgani aniqlashtirilmoqda.

Top