21:30 / 24.09.2016
12907

Misr hukumati Qizil dengizdagi akulalar xavfidan ogohlantirdi

Misr atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha vaziri Xolid Fahmiy sayyohlarni akulalar xavfidan ogohlantirdi, deb xabar bermoqda Youm7.

Vazir Qizil dengiz bo‘yidagi Sharm-al-Shayx kurort shahri hududida olingan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qisqa video yuzasidan xavotir bildirdi. Videoda himoyaga ega bo‘lmagan dayver-sayyohlar katta akulani taqib qilishgani tasvirlangan.

Fahmiyning aytishicha, bu odamlar uzunqanotli akulalar turidagi yirtqich bilan o‘ynashib, "farosatsizlik" qilishgan. Bu turdagi akula odamlar uchun xavfli va juda ham tajovuzkordir.

Mavzuga oid
Top