22:53 / 24.09.2016
7270

Snapchat ichki o‘rnatilgan kamerali quyoshdan saqlovchi ko‘zoynakni taqdim qildi

Fotosurat va videoxabarlar bilan almashishga mo‘ljallangan Snapchat messenjeri yaratuvchilari o‘zlarining birinchi gadjyetlari – ichki o‘rnatilgan kamerali quyoshdan saqlovchi ko‘zoynak Spectacles’ni taqdim qildilar, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal.

"Biz eng kichik simsiz videokameralardan birini yaratdik, u bir quvvatlanish bilan kun davomida snaplar olishga imkon beradi", deb aytildi qurilmaga berilgan ta'rifda. Ta'kidlanishicha, qurilma uzunligi 10 soniyagacha bo‘lgan video yozib, uni Bluetooth yoki  Wi-Fi orqali smartfonga uzata oladi. 

Ko‘zoynaklar uch xil rangda – qora, feruza va korall ranglarida taklif qilinadi. Qurilma 2016 yil kuzida savdoda paydo bo‘lib, uning narxi 129,99 dollarni tashkil qiladi. 

Bundan tashqari, Snapchat asoschisi va rahbari Evan Shpigel kompaniyaning qayta shakllanishini ma'lum qildi. Endi kompaniya  Snap Inc. deb ataladi. Yangilangan kompaniya ham Snapchat’ni rivojlantirish, ham Spectacles loyihasiga kiruvchi kamera va boshqa mahsulotlarni yaratish biznesi bilan shug‘allanadi.  

 

Mavzuga oid
Top