12:38 / 24.09.2016
4149

ShHTga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

2016 yilning 20-23 sentabr kunlari Pekin shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Majlisda Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari kengashi hamda Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT Hukumat rahbarlari kengashi majlislariga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni muhokama qilindi.

2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida ShHT kuzatuvchilari missiyasi ishtirok etishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari ShHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni amaliy jihatdan rivojlantirishga yo‘naltirilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Top