12:07 / 25.09.2016
13588

Dayjyest: 25 sentabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

24 sentabr tuni va 25 sentabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
      
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi o‘z ishini boshladi

Sizda hal etilmagan masalalar/muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabulxonasi test rejimida virtual faoliyatini ishga tushirdi.

Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev Buxoro va Navoiy viloyatlariga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifalarini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev 24 sentabrda Navoiy va Buxoro viloyatlariga tashrif buyurdi.

Batafsil.

O‘zbekiston adliya vazirining yangi o‘rinbosarlari tayinlandi

O‘zbekiston Prezidenti vazifalarini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 21 sentabrdagi qarorlari bilan adliya vazirining yangi birinchi o‘rinbosari va ikki o‘rinbosari tayinlandi, deb ma'lum qilindi Adliya vazirligi saytida.

Batafsil.

Sharlott politsiyasi afroamerikalikning o‘ldirilishi videosini namoyish etdi

Sharlott shahri politsiyasi huquq tartibot organlari xodimlari o‘tkazgan reyd vaqtida afroamerikalik Kit Lamont Skottning otib o‘ldirilishi tasvirlangan videoni namoyish etdi.  

Batafsil.

Filippinlik giyohvandlikka qarshi kurashayotgan politsiya operatsiyasida omon qolish uchun o‘zini o‘lganga soldi

Filippinlik kishi giyohvandlikka doir politsiya operatsiyasi davomida o‘z hayotini saqlab qolish uchun o‘zini o‘lganga soldi.

Batafsil.

Tez ovqatlanish shaxobchalari tarmog‘i KFC qovurilgan kalamush ishi bo‘yicha o‘z xodimlarini oqladi

Tez ovqatlanish shaxobchalari tarmog‘i KFC’da qovurilgan kalamush bilan bog‘liq ichki tergov ma'lumotlari ma'lum bo‘ldi.

Batafsil.

Jazoirda ikkita poyezd to‘qnashishi oqibatida 40 kishi jarohat oldi

Jazoir shimolida ikkita poyezd to‘qnashishi oqibatida kamida 40 kishi jarohat oldi.

Batafsil.

Avstriya kansleri: Yevropa Ittifoqi Afg‘oniston bilan migratsiya bo‘yicha kelishuv tuzishi mumkin

Turkiya bilan Yevropa tashqarisida qochqinlar lageri barpo etish bo‘yicha kelishuvga o‘xshash kelishuv yaqin orada Afg‘oniston bilan tuzilishi mumkin.

Batafsil.

Internetda tyuning qilingan Spark fotolari paydo buldi

Toshkentlik tyunerlar mahalliy Spark avtomobilini hashamatli ko‘rinishga keltirishdi. Mohirona tyuning natijasida yangicha ko‘rinishga kelgan avtomobil suratlari feysbuk ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari tomonidan internetga joylashtirilgan.

Batafsil.

Snapchat ichki o‘rnatilgan kamerali quyoshdan saqlovchi ko‘zoynakni taqdim qildi

Fotosurat va videoxabarlar bilan almashishga mo‘ljallangan Snapchat messenjeri yaratuvchilari o‘zlarining birinchi gadjyetlari – ichki o‘rnatilgan kamerali quyoshdan saqlovchi ko‘zoynak Spectacles’ni taqdim qildilar.

Batafsil.

Shanba kunining eng chiroyli gollari xit-paradi

Shanba kuni Yevropa chempionatida o‘tkazilgan uchrashuvlarda urilgan eng chiroyli gollar saralandi. Xususan, "MYu" futbolchilarining kombinatsion goli, "Lester"ning javob goli hamda O‘zil va Sanchesning bir-birini tushunish bo‘yicha ko‘rsatib bergan "mahorat darsi".

Batafsil.

Top