18:43 / 25.09.2016
11455

Erdo‘g‘an Mo‘sulni ozod etish uchun harbiy harakatlar qachon boshlanishi mumkinligini aytdi

Iroq armiyasi va iroqlik kurdlarning (peshmerglar) harbiylashgan bo‘linmalari Mo‘sul shahrini IShID qo‘lidan ozod etish uchun 19 oktabr kuni keng ko‘lamli hujum boshlashi mumkin. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an aytib o‘tgan.

"Biz tayyor turishimiz kerak. Peshmerglar va arablar bu harbiy harakatlarni ittifoqchilikda olib borishi juda muhimdir", degan Erdo‘g‘an AQShdagi tashrifidan qaytib Yeni Safak nashriga bergan intervyusida.

Iroqda IShID tomonidan mamlakat hududining katta qismi egallab olinganidan buyon qaltis vaziyat saqlanib qolmoqda. Jangarilar doimiy ravishda teraktlar sodir etib kelmoqda.

Mo‘sul va uning atrofidagi hududlar 2014 yildan buyon IShID nazorati ostida hisoblanadi. Armiya yil oxirigacha Mo‘sulni qaytarib olishni rejalashtirgan.

Top