19:14 / 25.09.2016
4903

Fransiyalik qandolatchilar Android’ning yangi versiyasiga ikki metrlik haykal o‘rnatishdi


Nuganing (qandolatchilik mahsuloti) dunyo poytaxti hisoblanadigan Fransiyaning Montelimar shahri ma'muriyati shaharning bosh maydonida Android 7 (Nougat) operatsion tizimiga haykal o‘rnatdi. Android’ning yashil ramzi ko‘rinishidagi, og‘irligi 110 kg, balandligi 2 metrlik va qo‘lida nuga o‘ramini ushlab turgan haykal Google bilan hamkorlikda yaratildi.

Korporatsiya mutaxassislari yangi operatsion tizim nomida "nuga" so‘zining ishlatilishiga minnatdorchilik ramzi sifatida mahalliy savdogarlar uchun reklamada raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha bir qator seminarlar o‘tkazishdi va Android’ga bag‘ishlangan tadbirlarda tarqatish uchun katta miqdordagi nugaga buyurtma berishdi.

 

Top