00:04 / 25.09.2016
4685

Jazoirda ikkita poyezd to‘qnashishi oqibatida 40 kishi jarohat oldi

Jazoir shimolida ikkita poyezd to‘qnashishi oqibatida kamida 40 kishi jarohat oldi. Bu haqda Jazoirning TSA Algerie portali ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinishicha, voqea Bumerdas shahrida yuz bergan. Milliy temiryo‘l kompaniyasida bir yo‘nalish bo‘yicha ketayotgan ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketgani ma'lum qilingan.

Favqulodda xizmatlar vakillari ikki odam hanuzgacha vayronalar ostida qolayotganini aytganlar.

 

Mavzuga oid
Top