21:38 / 26.09.2016
13897

Avstraliyalik yigitning akulaga yem bo‘lishiga bir bahya qoldi

O‘n yetti yashar serfingchi yigit katta oq akulaning hujumidan omon qoldi. Bu haqda Time xabar bermoqda.

Yigit o‘z ta'tilining birinchi kunida Avstraliyaning Ballin shahridagi plyajda serfing bilan shug‘ullanishga kirishdi. Ana shunda uning serfbordiga akula hujum qildi. Shahar meri David Vraytning ma'lum qilishicha, falokat natijasida yigit o‘ng yelkasidan jarohatlangan. Voqea joyidan uzoq bo‘lmagan serfingchilar yigitga yordam berishgan. O‘sha yerda unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, shundan so‘ng u shifoxonaga yotqizilgan.

The Sydney Morning Herald ma'lumotiga ko‘ra, yigitni hushi joyidaligida shifoxonaga eltishgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, oq akulaning uzunligi uch metrni tashkil etgan.

 

Mavzuga oid
Top