09:49 / 26.09.2016
14354

Dayjyest: 26 sentabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

25 sentabr tuni va 26 sentabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

“Mashina olib chiqib beraman” deb qishloqdoshlarini aldagan firibgar

Bekorchilikdan bir so‘m topmay, tekin daromad izlab yurgan Abdusattor Ro‘ziyev garchi tanishi bo‘lmasa ham avtosalonda tanishim bor, mashina olib beraman, deb gap chiqardi. Bu gap qishloqda birdan “bolaladi”, deb yozmoqda “Huquq” nashri.

>>> Batafsil.

Video: Bir ayol 3 talonchiga qarshi

AQShning Jorjiya shtatida qurollangan talonchilar xususiy uyni tunash maqsadiga erisha olmadi.

>>> Batafsil.

BAAlik halol taksichi

BAAning Sharja shahrida taksichi bir tadbirkor unutib qoldirgan, ichida 1,7 mln dirxam (500 ming dollar) bo‘lgan papkani egasiga qaytarib berdi

>>> Batafsil.

Ot tufayli yuzaga kelgan YTH

Xitoyda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida yirik yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi. The China Morning Post xabariga ko‘ra, bu hodisa oqibatida 12 kishi halok bo‘lib, 28 kishi jarohatolgan.

>>> Batafsil.

Klinton va Tramp birinchi marta yuzma-yuz keldi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar Xillari Klinton va Donald Tramp 26 sentabrda Nyu-Yorkdan 40 km uzoqlikda joylashgan Xempsted shahridagi Xofstr universitetida birinchi marta teledebatlarda yuzma-yuz uchrashadi.

>>> Batafsil.

Bangladeshda bir kishiga ikkita mashina taqiqlandi

Bangladesh transport vazirligi mamlakatdagi barcha oilalarga ikkitadan ko‘p mashinaga ega bo‘lishni taqiqlaydi.

>>> Batafsil.

Shveytsariyaliklar o‘z ortlaridan maxsus xizmatlarga kuzatishga ruxsat berishdi

Shveytsariya aholisi referendum davomida razvedka xizmati vakolatlarini kengaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu tashabbusni 65,5 foiz ovoz beruvchilar qo‘llab-quvvatlagan.

>>> Batafsil.

Facebook'ning 5ta eng yirik muvaffaqiyatsizligi 

Facebook'ning 5ta eng yirik muvaffaqiyatsizligi

Facebook amalga oshirayotgan ishlarning barchasi aynan mana shu hikmat ortida yotadi: kompaniya ko‘plab muvaffaqiyatsiz loyihalarni yopgan, ayrimlari esa sayt yoki dastur tubida no'malumligicha qoladi.

>>> Batafsil.

Grizmann tomonidan kiritilgan gol "Atletiko"ga g‘alaba keltirdi

Madridning “Atletiko” jamoasi Ispaniya chempionatining 6-turida g‘alaba qozondi. “Matraschilar” uyda “Deportivo”ni qabul qildi. Uchrashuvning 70-daqiqasida Antuan Grizmann tomonidan kiritilgan yagona gol “Atletiko”ga navbatdagi g‘alabani keltirdi

>>> Batafsil.

Italiya chempionati uchrashuvlari

Italiya chempionatida 6-tur o‘yinlari davom etmoqda. «Inter» o‘z maydonida «Bolonya» klubini mag‘lub etolmadi. «Latsio» «Empoli»dan ustun keldi. «Roma» esa safarda «Torino»ga yutqazdi.

>>> Batafsil.

Top