12:47 / 26.09.2016
11445
Dakka aeroportidagi chiqindi qutisidan 3 kilogramm oltin topildi
Foto: RIA

Bangladesh bojxona xodimlari Dakka shahridagi Hazrat Shoxjalol xalqaro aeroportidagi chiqindi qutisidan 3 kilogramm oltin topib olishdi. Bu haqida Daily Star nashri ma'lum qildi

Bojxona xodimlari kontrabandachilarning aeroportga kelgani haqida ma'lumot olishgan. Qidiruv operatsiyasi natijasida ular immigratsiya zonasidagi chiqindi qutisidan 10ta oltin yombi topishgan.

"O‘ylashimizcha, taxminiy kontrabandachilar ofitserlarimizning faollashib qolganini sezib, oltinlardan qutulishga qaror qilishgan", - dedi bojxona xizmati xodimi Mo‘ynul Xon.

Topilmaning bozor narxi 190 ming dollarga baholanmoqda.

Top