20:43 / 26.09.2016
10396

Filippin prezidenti Rossiya va Xitoy bilan alyans tuzishni rejalashtirmoqda

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte 2016 yilda Rossiya va Xitoyga mamlakatlar o‘rtasida siyosiy alyans shakllantirish uchun tashrif buyurishini ma'lum qildi. U AQSh olib borayotgan tashqi siyosatdan noroziligini bildirgan, deb xabar bermoqda Reuters.

Dutertening aytishicha, Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev uni Moskvaga taklif etgan.

Dutertening so‘zlariga ko‘ra, AQShning sobiq koloniyasi bo‘lmish Filippin Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatda “so‘nggi nuqta”ga yetib kelgan. Shu sabab prezident Vashington bilan siyosiy arenada “tenglasha oladigan” mamlakatlar bilan hamkorlik qilmoqchi.
 

Top