20:03 / 27.09.2016
5758

Audi, BMW va Daimler “5G-koalitsiya”ga birlashdi

Germaniyaning avtomobil kompaniyalari bo‘lmish Audi, BMW va Daimler 5G bilan bog‘liq ishlarni rivojlantirish uchun birlashtirishdi. 5G yo‘l harakati doirasida o‘zga harakatlanuvchi vositalar bilan aloqa qiluvchi tizimdir. Loyiha hamkorlari sifatida Ericsson, Huawei, Intel, Nokia va Qualcomm kompaniyalari e'tirof etilgan.
Assotsiatsiyaning asosiy vazifasi “texnik masalalar va normativ savollar”ga javob topishdir. Taxmin qilinishicha, kelajakda barcha mashinalar bir tarmoqda harakatlanadi.

Loyiha qatnashchilarining fikricha, assotsiatsiya o‘zgalar uchun hamkorlik qilishga doim tayyor. Loyihaning istiqboli haqida aniq ma'lumot keltirilmagan.

 

Top