15:26 / 27.09.2016
5393

Klinton va Tramp debatlariga kelgan jurnalistlarga 200 dollarga Wi-Fi taklif qilishdi

AQSh prezidentligiga nomzodlar - demokrat Hillari Klinton va respublikachi Donald Tramp ishtirokidagi debatlarni yoritish uchun Nyu-York shtatidagi Xofstr universitetiga tashrif buyurgan jurnalistlarga 200 dollar evaziga Wi-Fi taklif etildi. 

Bu haqida AQSh ommaviy axborot vakillari universitetda osilgan suratlarni chop etib, Twitter tarmog‘ida ma'lum qilishdi. 

Ta'kidlanishicha, yuqorida keltirilgan summa evaziga beshta qurilma orqali internetga kirish mumkin. 

Mavzuga oid
Top