15:46 / 27.09.2016
4751

Nepalda 18 kishini hayotdan olib ketgan yirik YTH sodir bo‘ldi

Nepalda avtobus bilan sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida 18 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Himalayan Times nashri xabar bermoqda.

Voqea mamlakat poytaxti Katmanduning shimoli-g‘arbida joylashgan Dxading okrugida, mahalliy vaqt bilan 11:30lar (Toshkent vaqti bilan 10:45) atrofida yuz bergan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtobus saloni to‘la bo‘lgan, ayrim yo‘lovchilar uning tomiga ham chiqib olishgan. Ayni damda 15 kishi qutqarilgan.

YTH sababi hali aniqlanmagan. Falokat tog‘ yo‘lida bo‘lgan. Avtobus 300 metr pastlikka qulab ketgan.

Top