14:01 / 27.09.2016
24442

"Artel" brendi ostidagi maishiy texnikani ta'mirlovchi New Profi Technology MChJ yangi servis markazlarini ishga tushirdi

Dunyoda mashhur bo‘lgan yuqori sifatli maishiy texnika ishlab chiqaruvchi  Samsung, Sony, LG, Siemens va Bosch kabi brendlar o‘z servis markazlariga ega ekanligi hammaga ayon.  Bu servis markazlari maishiy texnikadan foydalanish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf qilishda mijozlarga yordam beradi va mahsulot sifatini kafolatlaydi. Shuning uchun xaridorlar bu brendlarga yuqori ishonch bildirishadi. Milliy g‘ururimiz bo‘lgan  Artel korxonasi ham jahon standartlariga rioya qilgan holda o‘z xaridorlariga mukammal va yuqori xizmat ko‘rsatish maqsadida O‘zbekston Respublikasi bo‘ylab servis markazlarini ochmoqda.

O‘z faoliyatini 2012 yilda boshlagan New Profi Technology mas'uliyati cheklangan jamiyatning asosiy maqsadi - "Artel" brendi ostidagi maishiy texniklarni ta'mirlashdan iborat. So‘nggi yillarda respublikamizning har bir viloyatida ikkitadan servis markazlari barpo etilgan bo‘lib, ularning barchasi zamonaviy texnologiyalar asosida ta'minlangan. "Artel" maishiy texnikalarini mijozlarning uylariga borib ta'mirlash uchun har bir punktga maxsus jihozlangan avtomobillar biriktirilgan. Bularning barchasi aholiga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. 
Bugungi kunda korxonada 100 nafar malakali mutaxassis hamda 200 nafardan ortiq yuqori tajribali ustalar aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

New Profi Technology sizga mamnuniyat bilan shuni ma'lum qiladiki, mamlakatimizda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi yana ikki servis markazi ishga tushirildi. 2016 yilning 19 sentabrida Namangan viloyati, Chust shahridagi servis markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi; 26 sentabrda esa Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahridagi filial ish boshladi. Servis markazlarimiz xizmatingizga shay!

Batafsil ma'lumot uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:
Tel: 99871-148-88-88
Manzil: 
1) Chust shahri markazi, Birlik MFY, Chustiy ko‘chasi, 23-uy. 
2) Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Namozgoh mahallasi, Tarag‘ay Bahodir ko‘chasi, 164-uy, 1-qavat.

Reklama huquqi asosida.

Top