08:42 / 27.09.2016
7538

Ozarbayjonda konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum natijalari e'lon qilindi

Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi raisi Mazohir Panohov 26 sentabrda mamlakatda bo‘lib o‘tgan referendum natijalarini ma'lum qildi. Referendumda ozarbayjonliklar konstitutsiyaga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish uchun ovoz berdilar, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

"Ozarbayjonda prezident vakolatlari muddatini uzaytirishga 91,2 foiz saylovchilar ovoz berdi"", deb ma'lum qildi Panohov.

Shu bilan birga vitse-prezident lavozimini kiritish uchun 89 foiz saylovchilar ovoz berdi.

Ma'lum qilinishicha, deputatlarni tanlashda yosh cheklovini bartaraf etish uchun 88,3 saylovchilar, prezidentlik uchun yosh chekloviga qarshi 91 foiz saylovchilar ovoz bergan.

 

Top