11:49 / 27.09.2016
7398

So‘rov: Amerikaliklarning 62 foizi ilk teledebatda Klinton ustun bo‘ldi deb hisoblamoqda

CNN telekanali tomoshabinlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, AQSh prezidentligi uchun respublikachi Donald Tramp va demokrat Hillari Klinton o‘rtasida o‘tkazilgan teledebatda demokratlar vakili ustun kelgan.

Qayd etilishicha, so‘raluvchilarning 62 foizi Hillari Klintonning ustun bo‘lganini bildirishgan. Tramp uchun esa 26 foiz kishi ustunlik bergan.

So‘rovda qatnashgan auditoriyaning 41 foizlik qismi demokratlar partiyasi tarafdori ekanini, 26 foiz kishi respublikachilar tarafdori ekanini bildirgan. Tomoshabinlarning qolgan qismi hech qaysi partiyaga mansub emasligini bildirgan.

Top