21:41 / 27.09.2016
17317

Zidan Ronaldu bilan yuzaga kelgan mojaroli vaziyat yuzasidan fikr bildirdi

«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zaynidin Zidan jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan uni Ispaniya chempionatining 6-turida «Las-Palmas»ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin yuzaga kelgan ziddiyati to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirgan. 44 mutaxassisning so‘zlari AS tomonidan keltirilgan.

«Barchasi joyida, Krishtianu bunday vaziyatda, o‘zini o‘yindan olishganida jahli chiqadigan birinchi va oxirgi futbolchi emas. Hozir barchasi ortda qoldi, biz keyingi o‘yin haqida o‘ylayapmiz. Men bu qarorni unga yaxshi bo‘lishi uchun qabul qilgandim, bu qaror tufayli yuzaga kelgan gap-so‘zlar hech narsani o‘zgartirmaydi. Hech kim hech kimdan xafa emas. Men va Ronaldu aqli raso kishilarmiz. Nafaqat biz ikkimiz, jamoaning barcha futbolchilari shunday odamlar», — degan Zidan.

Murabbiy tarkibda ko‘proq rotatsiya ishlari olib borish niyatida ekanini ta'kidlab o‘tgan.

«Men o‘yinlarga o‘sha vaqtda kimning sport formasi zo‘r bo‘lsa, uni qo‘yaman. O‘yinlarda g‘alaba qozonishim kerak. Qolaversa 3ta zaxira imkoniyati bo‘ladi va men ularning barchasidan foydalanishga harakat qilaman», — deya qo‘shimcha qilgan Zidan.

26 sentabr kuni OAVda Ronaldu o‘zini maydondan olgan Zidanga qarata zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan holda nojoiz so‘zlar yo‘llagani haqida xabar paydo bo‘lgandi. U o‘z hissiyotlarini jilovlay olmagani va hatto murabbiyning onasini "eslagani" aytildi.

6 tur o‘yinlaridan keyin «Real» 14 ochko bilan chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Barselona» madridliklar jamoasini 1 ochkolik farq bilan ta'qib qilmoqda.

Mavzuga oid
Top