19:24 / 28.09.2016
4033

Agent Palyara poraxo‘r murabbiylar haqida aytgan gaplaridan tondi

Agent Pino Palyara o‘zi tomonidan jurnalistlarga Angliya futbolidagi poraxo‘r murabbiylar haqida aytganlarining barchasi to‘qib chiqarilgan bo‘lganini ma'lum qildi.

Bundan oldinroq Telegraph jurnalistlari 10 oy davomida jurnalistik tekshiruvlar o‘tkazib, niqob ostida harakat qilgan holda, Sharqiy Osiyodagi milliarderlarning vakillari sifatida Palyaradan murabbiylarning transferlardagi ishtiroki evaziga pul talab qilishlari oddiy holligi to‘g‘risida ma'lumot olishgani haqida xabar qilingandi. Lekin agent o‘z so‘zlaridan tondi.

«Men hech kimga to‘lamaganman, hech qaysi murabbiyga pora bermaganman», – degan Palyara.

Agent bu gaplarni jozibador firma vakillari bilan yaxshiroq aloqa o‘rnatish, ular bilan kelishuvga erishish maqsadida to‘qib chiqarganini bayon qilgan.

Manba: Tribuna.uz

Top