16:56 / 28.09.2016
5195

AQShning Afg‘onistonda uyushtirgan havo hujumi oqibatida 13 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Pokiston bilan chegaradosh Nangarxar provinsiyasida AQShning uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparati tomonidan berilgan havo hujumi oqibatida tinch aholi vakillaridan 13 kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, 14 kishi yaralangan. 

Bu haqda xavfsizlik organlaridagi manbaga asoslanib, Pajhwok Afghan News agentligi xabar bermoqda.

Mahalliy ma'muriyat vakili Ataulla Xogianiy aviahujum borasidagi ma'lumotni tasdiqlagan. Uning aytishicha hujumlar mahalliy vaqt bilan 08:00 (Toshkent vaqti bilan 08:30)da boshlangan.

Top