11:05 / 28.09.2016
6704

Buyuk Britaniyaga AQSh slanetsli gazining ilk partiyasi yetkazildi

Amerika Birlashgan Qirollikka slanetsli gaz mahsulotini yetkazib berishni boshladi, deb yozmoqda Financial Times nashri.

27,5 ming kub metr gazni olib kelgan tanker Shotlandiyaning Greynjmut shahri portiga kelib o‘rnashdi. Xabar qilinishicha, yoqilg‘idan Ineos kompaniyasining neftkimyo mahsulotlari ishlab chiqarishida foydalaniladi. 

Kompaniya vakillari Atlantika orqali «virtual gaz quvuri» haqida fikr yuritishmoqda. Bu mamlakat uchun energiya zaxirasining yangi manbaini ochar edi. 

Top