19:49 / 28.09.2016
7288

Xitoy viloyati milliarderlar soni bo‘yicha Kaliforniyani ta'qib qilmoqda

Xitoyning Chjetszyan viloyati milliarderlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.

Hurun Report oylik jurnali ma'lumotlariga ko‘ra, Chjetszyanning 72 nafar fuqarosi kamida bir milliard dollar boylikka ega. Shunday qilib, ushbu viloyat va uning poytaxti Xanchjou shahri milliarderlar soni bo‘yicha AQShning Kaliforniya shtatiga imkoniyatni boy bermoqda. 

Xabarlarga binoan, Chjetszyanda Xitoy aholisining 5 foizi va mamlakatdagi badavlat insonlarning 15 foizi istiqomat qiladi. 

Masalan, Xanchjouning mashhur fuqarolaridan biri, xitoylik milliarder, Alibaba internet-giganti asoschisi Jyek Madir. Tadbirkorning ta'kidlashicha, viloyat tadbirkorlari o‘z muvaffaqiyatlari bilan mintaqaning boy madaniy merosi hamda qulay jug‘rofiy joylashuvi oldida qarzdordir. 

Chjetszyan shuningdek, Neyl Shen (Sequoia Capital China), Din Ley (NetEase), Frenk Van (DJI), Li KuFu (Geely Auto Group) kabi boylarning ham vatanidir.


 

Top