08:44 / 28.09.2016
6729

Klopp APLdagi eng sevimli futbolchisi nomini aytdi

"Liverpul" jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Siti" jamoasi yarim himoyachisi David Silvani Angliya chempionatidagi eng sevimli futbolchisi sifatida bilishini bildirdi.

"Menga David Silva yoqadi. U qoyilmaqom futbolchi, u muvaffaqiyatlarga erishgan, u juda tajribali va futbolni to‘g‘ri tushunadigan futbolchi. Uning nomi "Manchester Siti"ning katta jamoaga aylanish davri bilan bog‘lanadi, u bu davrdagi muhim ishlarni bajargan. 

Umuman olganda, boshqa jamoalarning futbolchilariga qiziqmaganim yaxshi. Ularga yo‘l qo‘yib bersang, sen uchun xavfli futbolchiga aylanishadi, - deya Kloppning so‘zlarini keltirgan goal.com.

Mavzuga oid
Top